Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali kadrlar bo‘limi inspektori fuqarodan 400 dollar pora olganda ushlandi. Muassasa xodimlari orasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun filial direktori va kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tez tibbiy yordam avtomobillariga jarima belgilanayotgani va ular bekor qilinmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV va SSV holat bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qilib, ushbu turdagi jarimalar bekor qilinishini ma’lum qildi.
Shayxontohur tumanida Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker avtomobiliga kelib urildi. Zarb oqibatida Ford ag‘darilib ketdi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaatlar hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.
Mirobod tumanida «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olib, davolanayotgan haydovchi bilan ko‘rishdi. Behzod Musayev uni «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Mirobod tumanida erkak chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisini kaltaklagani aytilmoqda. U o‘sha paytda noadekvat holatda yon-atrofdagilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Mirobod tuman IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
2022 yilning 9 oyida «103» xizmatiga jami 4 ming 452 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. SSVning ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan ikki barobar kam.
Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida xizmat vazifasini o‘tayotgan «Tez yordam» xodimi kaltaklangani aytilmoqda. SSV shifokorlarning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berib, holatni o‘z nazoratiga olganini qayd etdi. BP tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 9 mln 662 ming nafardan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatidan kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davridan ko‘p (9,2 mln nafar).
Jazirama issiq kunlar boshlangan 17 iyuldan 20 iyulga qadar tez tibbiy yordam xizmatiga 130 mingdan ko‘proq chaqirik kelib tushgan. Murojaatchilarning aksariyati qon bosimi ko‘tarilishi, nafas yetishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.
6 oy ichida respublikada «Tez yordam» xizmatiga 6,2 mln dan ziyod chaqiriq kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Toshkentdan. O‘tgan yilning shu davrida «103»ga murojaat qilganlar hozirgidan 433,9 mingtaga kam bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning o‘zida viloyatlardan tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi bo‘yicha 50 mingdan ortiq shikoyat kelib tushganini tanqid qildi. «Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni tez tibbiy xizmatning uchta „xo‘jayini“ bor», — dedi prezident. Eng katta muammo — shoshilinch yordam bemorga yaqin shifoxonada emas, bakli faqatgina biriktirilgan shifoxonada ko‘rsatilishida ekanligi aytildi.
Yanvar-fevral oylarida «Tez yordam» xizmatiga 31,3 mingga yaqin asossiz murojaat kelib tushgan, ularning 992 tasi yolg‘on chaqiriqlardir. Eng ko‘p yolg‘on murojaatlar Toshkent viloyatida qayd etilgan.
Denov tumanida tez tibbiy yordam muassasasi hodimi fuqaroni o‘zi ishlayotgan joyga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1300 dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Onlayn auksionda sotilgan qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar, 16 fevral voqealarida qatnashganlikda gumon qilingan shaxsning O‘zbekistonga qaytarilgani, Sharof Rashidov nomi berilgan SamDU, emlanganlar o‘rtasidagi lotereya o‘tkazilishi va unga avtomobil qo‘yilgani, xonadonida baliq yetishtiruvchilarga beriladigan 81 mln so‘mlik kredit, tunda «tez yordam» stansiyasiga borgan vazir va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 14 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Yanvar oyining dastlabki 10 kunida respublikada «Tez yordam»ga qariyb 350 mingta murojaat kelib tushgan. Ular soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,4 mingtadan ziyodroqqa ko‘p. Murojaatlarning 32,4 mingtasi tana haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq.
Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika bo‘yicha bolalar orasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning davriy ko‘tarilishi kuzatilayotgani sababli shifoxonalarda qo‘shimcha ravishda 5964 ta o‘rin-joy tashkil etilganini ma’lum qildi. Avvalroq, 10 kun ichida poytaxtning o‘zida «Tez yordam»ga bermor bolalar bo‘yicha 13 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushgani aytilgandi.
10 kun oralig‘ida poytaxt tez yordam xizmatiga bemor bolalar bo‘yicha kelib tushgan chaqiriqlar soni 13 ming 820 taga yetdi. oktabr oyida bolalar bo‘yicha shahar tez yordamga bo‘layotgan kunlik murojaatlar o‘rtacha 1300−1500 tani tashkil qilmoqda.
2020 yilda tez tibbiy yordam xizmatiga dori-darmon va tibbiy buyumlar sotib olish uchun 58 mlrd so‘m ajratilgan. Bu — 2016 yilga nisbatan 12 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan degani. Joriy yilda har bir tez tibbiy yordam chaqirig‘i uchun 7700 so‘mdan ajratiladi.
Prezident topshirig‘iga binoan 1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy rusumli tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi. Hozir hududlarda 850 ta xizmat muddatini o‘tagan Damas tez tibbiy yordam mashinalari mavjud.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting